«Yuqoridan postlarni öçir, degan qönğiroqlar bölsa, soddaligimdan öçirib yuborardim» — «Yoşlarni qöllab-quvvatlaş» kanali muallifi Egamnazar Abulboqiyev

Özim talaba bölganim uçun ularni qiynayotgan muammolar va qiyinçiliklarni körib bilib turaman. Muammolardan qoçişni emas, ularni joyida hal etib yaşaşga örganganman. Faoliyatim davomida yoki hayotimda qanaqadir muammo bölsa, xotirjam işlarimni qilib, öqişimni öqiy olmayman.

Bu muammo va kamçiliklar boşqalarni ham qiynaydi, degan fikrdaman. Şuning uçun bu muammolarni hal qila oladigan odamlarga muammo haqida bildiriş uçun blog oçib, uni yurita boşlaganman.

Kanalni endi oçgan paytlarim juda sodda edim, qaysidir mendan yuqori turuvçi şaxslar qönğiroq qilib, «maqolangni öçir», desa, soddaligim sababmi, bilmadim, öçirib yuborardim.

Keyinçalik men ham ziyraklik bilan işlay boşladim. «Kanalimda 5ta admin bor, şulardan biri yozgan, meni tişim ötmaydi», deb özimdan soqit qilişni boşladim. Lekin şunday qiyinçiliklar ham böldiki, video murojaatlarimni ham joylaşga töğri kelib qoldi. Lekin u video meniki emas, deb vaziyatdan çiqib bölmasdi.

Blogni yuritişdagi asosiy qiyinçilik — senzura. Hayot qisqa jon şirin. «Masofaviy ta'lim» kanali admini R.M.

«Masofaviy ta'lim» kanalining faoliyati 2020 yil 16 martdan Özbekistonda karantin e'lon qilingani sabab boşlangan. Öşanda barça ta'lim dargohlari ilk marta onlayn ta'limga ötkazilgan. Yoşlar uçun foydali va manfaatli bölişi uçun blog oçişni niyat qilganmiz.

Buning uçun eng qulay platforma Telegram edi. Kanal oçdik va qisqa fursatda obunaçilarimiz 66 ming nafardan ham oşdi. Karantin yumşatilib, ta'lim dargohlari an'anaviy ta'limga qaytgaç, bizga ham, bizning faoliyatimizga ham deyarli ehtiyoj qolmadi.

2020 yil taxminan sentyabr oylari edi, kanal yönalişini özgartirib, asosan, talabalar uçun yozadigan kanalga aylandik. Kanalning nomi esa şundayligiça qoldi — «Masofaviy ta'lim». Qaysidir ma'noda brend böla oldik, deb hisoblayman. Şu sabab nomni özgartirmay saqlab qoldim.

Bu yölda yagona qiyinçilik bor — senzura. Kanalda talabalardan taşqari ta'lim mavzulari ham yozib boriladi. Bugungaça qandaydir jiddiy tahdid yoki bosim bölmagan. Ammo bir neça marta bilvosita postni öçirişga urinişlar bölgan. Içki senzura ham ba'zi narsalarni yozmaslikka sabab bölib turadi. Hayot qisqa, jon şirin.