Navoiy viloyatida tarkibida oltin bölgan rudani qazib oliş jarayonida bir guruh fuqarolarni qum bosib qoldi. Navoiy viloyati Favqulodda vaziyatlar boşqarmasi axborot xizmati Kun.uz’ga hududda şunday fojia röy berganini va bu hodisa oqibatida 4 kişi halok bölganini tasdiqladi.
Ma'lum qilinişiça, voqea 13 noyabr kuni Konimex tumanining Karakata ovulida joylaşgan Lolazor nomi bilan ataluvçi çöl hududida (Konimex tumani markazidan 250 km, Zarafşon şahri markazidan 60 km uzoqlikda) sodir bölgan.
Tarkibida oltin bölgan rudani qazib oliş jarayonida bir guruh kişilar qum ostida qolgan. Oqibatda 4 kişi – Buxoro viloyatining Şofirkon tumanida yaşagan Şohrux Ahadov (23 yoş), Azmiddin Rahmonov (47 yoş), Bobomurod Hikmatullayev (28 yoş) hamda Navoiy viloyatining Navbahor tumanida istiqomat qilgan Öktam Qodirov (33 yoş) voqea joyida vafot etgan.



Bundan avvalroq, ijtimoiy tarmoqda Zarafşon şahri yaqinida oltin qaziş niyatida bölgan 40-50 kişini qum bosib qolgani haqida xabar tarqalgandi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi bu xabar yuzasidan rasmiy munosabat bildirib, Navoiy viloyati FVBga hozirça bu hodisa haqida xabar kelib tuşmagani, hozirda tegişli xizmatlar bilan hamkorlikda suriştiruv işlari olib borilayotganini ma'lum qilgandi.
- Qayd etiş kerakki, bu Navoiy viloyatida noqonuniy oltin qazib oliş çoğida insonlar halok bölişi bilan boğliq ilk holat emas. 2021 yilning 12 iyun kuni Xatirçi tumanining Oqtepa mahallasida taşlandiq kondan oltin qazib oliş niyatida bölgan 4 kişi çiqindi gazdan böğilib, vafot etgandi.











