Vazirlar Mahkamasining “Yöl harakati qoidabuzarliklarini jarima ballari asosida baholaş tizimini joriy etiş töğrisida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.

2023 yilning 1 yanvaridan boşlab, yöl harakati qoidabuzarliklarini jarima ballari asosida baholaş tartibi joriy etilişi kutilyapti.

Belgilab qöyilişiça, yöl harakati qoidabuzarliklarini jarima ballari asosida baholaş yöl harakati xavfsizligini ta'minlaş borasidagi qöşimça çora hisoblanadi. Yöl harakati qoidabuzarliklari uçun jarima ballari Içki işlar vazirligi Davlat yöl harakati xavfsizligi xizmati tomonidan inson omilisiz avtomatlaştirilgan tartibda elektron tizim orqali hisoblab boriladi.

Haydovçiga nisbatan transport vositasida yöl harakati qoidalarini buzganlik uçun jarima ballarining qöllanişi, şuningdek, ballarning umumiy miqdori ön ikki yoki undan ortiq ballga teng bölganda haydovçilik guvohnomasidan mahrum etiş uni qonunda nazarda tutilgan asosiy jazodan ozod etmaydi. Yil mobaynida yöl harakati qoidalarini buzmagan transport vositalari haydovçilariga, rağbatlantiriş tariqasida, keyingi yilda yöl harakati qoidalarini birinçi marotaba buzganligi uçun birinçi jarima ball hisoblanmaydi.

Belgilab qöyilişiça, ön ikki va undan yuqori ballga teng bölgan yöl harakati qoidalarini buzganlik uçun haydovçilar tomonidan qayta imtihon topşirişda tölanadigan tölovlar quyidagi tartibda taqsimlanadi: 90 foizi – Davlat budjetiga; 10 foizi - Içki işlar vazirligining budjetdan taşqari mablağlari hisobiga ötkaziladi hamda yöl-transport hodisalarining oldini olişga qaratilgan tarğibot işlari, şuningdek haydovçilarning mobil aloqa vositalariga xabar yuboriş bilan boğliq tadbirlarni moliyalaştirişga maqsadli yönaltiriladi.

Içki işlar vazirligi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vazirligi, “Özbekiston poçtasi” AJ bilan birgalikda 2023 yilning 1 yanvarigaça örnatilgan tartibda elektron şaklda jarima ballari beriş va haydovçilar tomonidan yöl harakati qoidalari buzilganda ularni hisoblaşning elektron tizimini işlab çiqadi. Transport vositalari haydovçilarining umumiy yöl harakati qoidalarini buzganlik uçun töplagan ballari miqdori sakkiz ballga teng bölganda, buyurtma poçta jönatmasi yoki ularning mobil aloqa vositasiga bu haqda “SMS” xabar yuboriş orqali ogohlantiriş tartibini joriy qiladi.