Jahon bankining Migratsiya va rivojlaniş masalalari böyiça e'lon qilingan hisobotida berilgan hisob-kitoblarning körsatişiça, COVID-19 pandemiyasi keltirib çiqargan çuqur global retsessiyaga qaramasdan 2020 yilda pul ötkazmalari oqimining barqarorligi deyarli saqlanib, atigi 1,7 foizga qisqargan bölsa, keyingi ösiş sur'atining tiklanişi kutilganidan ham jadalroq böldi.
2021 yilda past va örta daromadli mamlakatlar mehnat migrantlarining pul ötkazmalari 7,3 foizga oşib, 589 milliard AQŞ dollarini taşkil etdi.
«Migrantlarning pul ötkazmalari oqimi COVID-19 inqirozi davrida iqtisodiy qiyinçilikka duçor bölgan oilalarni qöllab-quvvatlaş uçun hukumatning pul yordami dasturlariga juda yaxşi qöşimça böldi. Uy xöjaliklarining moliyaviy tangligini yengillaştiriş uçun pul ötkazmalarini jönatişga qulayroq muhit yaratiş - pandemiyadan keyingi global iqtisodiyotni qayta tiklaş böyiça hukumat siyosatining asosiy ustunlaridan biri bölişi kerak», dedi Jahon bankining Ijtimoiy himoya va bandlik böyiça global amaliyot departamenti direktori Mixal Rutkovski.
Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlariga pul ötkazmalari hajmi 2020 yilda 8,6 foizga kamaygan bölsa, Yevropa ittifoqidagi iqtisodiy tiklaniş hamda neft va gaz narxlarining keskin oşişi hisobiga 2021 yilda uning hajmi 5,3 foizga ösib, 67 milliard dollarni taşkil etişi kutilmoqda. 2022 yilda pul ötkazmalari hajmi 3,8 foizga ösişi kutilmoqda.
Pul ötkazmalari hozirda uşbu mintaqada taşqi moliyalaştirişning eng katta manbai hisoblanadi. Qirğiziston va Tojikistonga pul ötkazmalarining hajmi YaIMning 25 foizdan ortiğini taşkil qiladi.
2021 yilda Özbekistonga mehnat migrantlarining pul ötkazmalari hajmi qariyb 7,6 milliard AQŞ dollarini yoki mamlakat YaIMning 11,6 foizini taşkil etişi kutilmoqda.
200 AQŞ dollarini bu mintaqaga ötkazişning örtaça narxi 2021 yilning birinçi çoragida biroz kötarilib, ötgan yilgi 6,5 foizdan 6,6 foizga yetdi. Bu köp jihatdan Turkiya-Bolgariya koridoridagi pul ötkazmalari narxining keskin oşganini aks ettiradi. Dunyodagi eng arzon jönatuvçilardan biri bölgan Rossiyada pul ötkazmalari narxi 1,8 foizdan 1 foizga tuşdi.

















