Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Orolbo‘yida kardiologiya markazi ochiladi
Hukumat qarori bilan Orolbo‘yida ixtisoslashtirilgan kardiologiya va kardioxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi tashkil etiladi. Bu haqda «Norma.uz» xabar berdi.
Markazning asosiy vazifalariga Orolbo‘yi mintaqasidagi hamda Buxoro va Navoiy viloyatlarida tug‘ma yurak nuqsoni bilan tug‘ilgan bolalarga o‘z ixtisosligi bo‘yicha yuqori texnologiyalarga asoslangan malakali ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatish kiradi.
Markaz kasalliklarning oldini olish, ularga tashxis qo‘yish va davolash bo‘yicha ilg‘or usullarni va texnologiyalarni ishlab chiqishga hamda amaliyotga tatbiq etishga qaratilgan ilmiy tadqiqotlar olib borish bilan shug‘ullanadi.
Bundan tashqari, Markaz tibbiyot xodimlarining kasbiy darajasini oshirish, mavjud tibbiyot texnikalari parkini doimiy ravishda yangilab borish va modernizatsiya qilish, Markazni zamonaviy tibbiyot asbob-uskunalari bilan jihozlash, moliyaviy va moddiy-texnik resurslarni jalb qilish bo‘yicha ishlarni tashkil etish ham Kardiologiya markazining asosiy vazifalari etib belgilandi.
Shuningdek, Markazda yuqori malakali xorijiy mutaxassislar ishtirokida konsultatsiyalar va mahorat darslari tashkil etiladi hamda mutaxassislar almashinuvi ta'minlanadi.
Markaz faoliyati imtiyozli toifaga kiruvchi shaxslarga ko‘rsatiladigan tibbiy xizmatlar uchun davlat budjetidan ajratiladigan mablag‘lar, davlat ilmiy dasturlarini amalga oshirish doirasidagi grantlar, pullik xizmatlar ko‘rsatishdan tushadigan mablag‘lar hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga moliyalashtiriladi.
2021 yil 1 dekabrdan boshlab markazning davlat budjeti mablag‘lari hisobiga imtiyozli toifaga kiruvchi shaxslarni elektron axborot tizimi orqali hisobga olish va navbat asosida davolanishga yo‘llash tizimiga ulanishi ta'minlanishi kerak.
Markaz direktori Xorazm viloyati hokimligi bilan kelishilgan holda SSV tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
Oldinroq Nukusda loyiha qiymati 85,681 mlrd so‘mlik klinika ochilgandi.
Mavzuga oid
13:05 / 15.10.2022
Orolbo‘yida 1,6 mln gektar maydonga samolyotda cho‘l-yaylov o‘simliklari urug‘lari sepildi
10:17 / 29.09.2022
OTB Orolbo‘yi havzasida suv resurslarini boshqarish uchun qarz ajratadi
08:44 / 28.09.2022
Qozog‘istonda «Orolbo‘yi gavhari» ko‘rgazmasi ochildi
10:42 / 09.09.2022