O‘zbekistonga Qirg‘iziston muftiysi boshchiligidagi diniy ulamolar tashrif buyurdi
Bugun, 19 noyabr kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin Xoliqnazarov Qirg‘iziston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Zamir Rakiyev bilan uchrashdi.

Foto: O‘zbekiston Musulmonlar idorasi
Musulmonlari idorasi matbuot xizmatining ma'lum qilishicha, uchrashuvda Qirg‘iziston Din ishlari bo‘yicha davlat komissiyasi raisi Toyganbay Abdikarov va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi Sodiq Toshboyev ham qatnashgan.
Uchrashuvda ikki davlat o‘rtasidagi aloqalar kengayib borayotgani, diniy-ma'rifiy sohadagi hamkorlik munosabatlari yangi bosqichga ko‘tarilgani qayd etilgan.

Muftiy Nuriddin Xoliqnazarov ikki davlat ulamolari Islom dini ma'rifatini keng yoyish, mo‘min-musulmonlar birdamligini ta'minlash va ikki qardosh xalq orasidagi do‘stlikni rivojlantirish, diniy idoralar o‘rtasidagi hamkorlikni ravnaq toptirishda juda ham katta ishlar amalga oshirilayotganini bildirdi.

Muftiy Zamir hoji Rakiyev boshchiligidagi bir guruh qardosh qirg‘izistonlik ulamolar Toshkent shahridagi «Hazrati Imom» masjidida birgalikda juma namozini ado etdi.


Mehmonlar shuningdek, Usmon Mushafini ziyorat qilib, Toshkent islom instituti faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Tavsiya etamiz
Bojlarni muzlatgan Tramp, urushdan sillasi qurigan Sudan – hafta dayjesti
Jahon | 12:50 / 13.04.2025
Sirli eshiklar va yashirin yo‘laklar: Toshkent metrosi xavfsiz boshpana bo‘la oladimi?
O‘zbekiston | 10:00 / 12.04.2025
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyatining hududiy sanoat yarmarkasi bilan tanishdi
O‘zbekiston | 17:56
-
Xitoy savdo urushi doirasida Boeing samolyotlarini sotib olishni to‘xtatdi
Jahon | 17:53
-
Fransiyada bir vaqtning o‘zida bir nechta qamoqxonaga hujum uyushtirildi
Jahon | 17:49
-
Jonni xatarga qo‘yib... “Oshqozon”siz ozish orzusi haqida
Jamiyat | 17:46
Mavzuga oid

14:40 / 01.03.2025
Samarqand, Surxondaryo va Toshkent viloyatlariga bosh imom-xatiblar tayinlandi

21:45 / 28.02.2025
Muftiy Nuriddin Xoliqnazarov: Bu yil mamlakatdagi 1700 dan ortiq masjidda xatmi Qur’on o‘qiladi

20:00 / 28.12.2024
To‘y va boshqa tantanalar riyo va isrofga to‘ldi - O‘zbekiston musulmonlari idorasi

13:56 / 02.07.2024