Kun.uz özining qisqa badiiy filmlar loyihasi – Kunuzcinema'ning ilk filmini taqdim etadi. Film Kun.uz ijodkori Şokir Şaripovning debyut işi.

Insonga ato qilingan közlar barça narsalarni köra olmaydi. Masalan, biz öz tanamizning tarkibiy qismlari – “ğiştçalari” bölmiş hujayralarni-da maxsus uskunalarsiz köra olmaymiz. Ammo öşa hujayralarning özi ham har biri butun boşli bir olam bölib, turli-tuman qismçalardan taşkil topgan, ular esa, öz navbatida, atomlardan, atomlar esa...

Hozirda zamonaviy fizika dunyoning tuzilişiga doir aql bovar qilmas nazariyalarni oldinga suryapti. Va mazkur nazariyalarning barçasi matematik hisoblaşlarga asoslangan – xayol mahsuli emas. Bu nazariyalarga muvofiq, olamlar köp bölişi mumkin va ular biz – insonlar köziga körinib turadigan olam bilan parallel “yaşaydi”.

Öta kiçik zarraçalar dunyosida esa ajablanarli hodisalar yuz berib, zarraçalar özlarini göyo ongli mavjudotlar singari tutişar, ötkazilgan köplab tajribalarda ular kuzatuvçi bölsa özlarini bir xil, kuzatuvçi bölmasa boşqa xil tutişar ekan...

Zamonaviy fizika matematik hisoblaşlar vositasida keltirayotgan mazkur nazariyalar bilan tanişar ekanmiz, nogahon “ğoyib olam” deb atalmiş, e'tiqodimizning eng muhim unsurlaridan biri yodimizga keladi. Biroq, farq şuki, fizika bizga çizib berayotgan olam manzarasi – köp ölçamli dunyo haqidagi nazariyalarda parallel olamlarning ma'naviy olamga aloqasi borligi haqida gapirilmaydi. Zero “ma'naviy olam” degan tuşunçaning özi yöq fanda.

Ajabmaski, kelajakda insoniyat özga ölçamlarni örganiş darajasigaça yetib boradi, va nafaqat matematik işlanmalar, balki amaliy tadqiqotlar bu haqda “gapiradi”. Va bir kun kelib ma'naviy olam mavjudligi belgilari haqida fiziklar sözlay boşlaşadi. Öşanda “jinoyat” tuşunçasiga boşqaça köz bilan qaray boşlanadi...

Şokir Şaripov