Polşa senati spikeri Tomaş Grodzkiy içida tahdidli maktub va portlovçi modda bölgan jönatma oldi. U bu haqda özining Twitter sahifasida ma'lum qildi.

“Senatga mening nomimga jönatma keldi – öldiriş bilan tahdid qilingan maktub va portlovçi modda. Jönatmani mas'ul xizmatlar qabul qilib oldi. Ular aybdorni tezda tutişadi degan umiddaman”, - deb yozdi Grodzkiy.

Senat axborot xizmatining xabariga köra, jönatma parlamentga kelganidan söng oddiy tekşiruv tizimidan ötkazilgan va tekşiruv davomida uning içida Senat spikeriga nisbatan tahdidlar va noma'lum modda borligi ma'lum bölgan.

Jönatmani tekşirgan davlat qöriqlaş xizmati uning içida portlovçi modda bölganini tasdiqladi.

Hozirda uşbu holat böyiça politsiya suriştiruv olib bormoqda.