Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Gruziya bosh vaziri onlayn kazinolarni bosqichma-bosqich yopishni taklif qildi
Garibashvilining ta'kidlashicha, onlayn kazinolar sababli mamlakatdan har yili 1,5 mlrd lari (482 mln dollar) chiqib ketyapti.
Foto: AP
Gruziya bosh vaziri Irakliy Garibashvili mamlakatdagi onlayn kazinolarni bosqichma-bosqich yopish tashabbusi bilan chiqdi.
“Birinchi bosqichda moliya vaziri onlayn kazinolar egalari uchun soliqni ko‘tarishni ko‘zda tutuvchi qonunchilik tashabbusini taqdim etadi. Ularning aksariyati xorij kompaniyalari. Afsuski, fuqarolarimizning pullari xorijga chiqib ketyapti”, — dedi u.
Garibashvilining qo‘shimcha qilishicha, onlayn kazinoda o‘ynash uchun yosh cheklovi 18 dan 25 yoshgacha oshiriladi. Keyinchalik esa butunlay taqiqlanadi.
Bosh vazirning ta'kidlashicha, onlayn kazinolar sababli mamlakatdan har yili 1,5 mlrd lari (482 mln dollar) chiqib ketyapti.
Gruziyada onlayn kazinolarni qisman yoki butunlay taqiqlashni talab qilib bir necha marta namoyishlar o‘tkazilgan.
Mavzuga oid
21:42 / 08.04.2025
“Yevropa va Osiyoning o‘rtasidamiz” – Gruziya parlamentining antig‘arbona qarashlarga ega raisi
23:10 / 26.10.2024
Gruziyada parlament saylovlari yakunlandi. Hukmron partiya va muxolifat o‘z g‘alabasini e’lon qildi
21:11 / 21.10.2024
«GRU» va «FSB» hakerlari Gruziya hukumati hamda kompaniyalarini kuzatib kelgan - Bloomberg
22:42 / 07.10.2024