“Tolibon” harakati Afğonistonda naşani qayta işlaş böyiça korxona taşkil etilişini e'lon qildi, deb xabar berdi Alarabiya.
Xabarda aytilişiça, korxona Cpharm kompaniyasi hamkorligida taşkil etiladi. Aamaj News agentligining qayd etişiça, kompaniya Avstraliyada joylaşgan.
Toliblar IIV matbuot markazi boşliği Said Xöstiy içki işlar vazirining giyohvandlik moddalariga qarşi kuraşiş böyiça örinbosari kompaniya vakillari bilan uçraşganini ma'lum qildi.
“Cpharm Afğonistonda gaşişni qayta işlaş korxonasini taşkil etiş uçun 450 mln dollar sarmoya kiritadi. Kompaniya bilan şartnomaning barça bosqiçlari yakunlandi, bir neça kundan keyin loyiha rasman işga tuşiriladi, bu bilan köplab fuqarolar uçun iş örinlari yaratiladi”, - deb xabar qildi Xöstiy.
Uning sözlariga köra, korxona mahsulotlaridan dori va kremlar işlab çiqarişda foydalaniladi.

















