Prezident Şavkat Mirziyoyev Toşkent şahrining Şayxontohur tumaniga taşrifi davomida törtta sektor rahbarlariga yoşlar bilan işlaş masalasida alohida körsatma berdi.
«Prezident bizni 2,5 yil sektor rahbari qilmaganida, men bir kun ham hokim böla olmas ekanman. Hamma gap sektorda ekan. Mana tajriba. Soliqçi bölib işlayverardim deyapti.
Mana, Toşkent aholisi hayron bölyapti, u odam eşitişni bilarkan deb. Bularni qayerdan örgandi, sektordan örgandi.
Şuning uçun törtta sektorning hammasi dunyoqaraşini özgartirişi kerak. Ayniqsa, yoşlar masalasida. Bu işlar bilan xavfsizlik rahbari şuğullanyapti, Toşkentda tajriba ham orttirdik. Şayxontohurdan boşlaymiz. 51 ming yoş böyiça bir oylik emas, bir haftalik nima iş qilişimiz kerakligi borasida reja qilinişi kerak. Maktab, kollejlar yoki oliy ta'lim muassasalarining böş sportzallari ham sizlarning ixtiyoringizda.
Yoşlar uçun hamma şaroitni yaratib beramiz. Hamma işlar bepul amalga oşiriladi, bundan daromad topiş menga umuman kerak emas. Sizlarga hamma vakolatni berganman, tajriba ham orttirdinglar.
Xavfsizlik xizmatiga Qaşqadaryodan örinbosar olib keldim, qaysi viloyatga borsam har bir rahbar bilan alohida özim gaplaşaman. Dunyoqaraşi qanday? Har safar Qaşqadaryoga borsam xizmatning rahbari adolatli va vijdonli hisobot beradi.
Menga hisobot – odamlarning közi. Fuqarolar rozimi hozirgi siyosatdan? Menga yozib berilgan raqamlar umuman qiziq emas, 25 yil raqamga işladik. Bu manfaat, madaniyat, ma'rifat, boylik olib kelmadi, millatni kötarmadi, birimiz ikki bölgani yöq. Men hamma narsani köraman, kuniga kamida 200–300 varaq öqiyman. Menda yetarli ma'lumot bölmasa, davlatni boşqarib bölmaydi. Birovga işonaman, lekin özim bilişim kerak», deya prezident sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.












