Qömita xabariga köra, 2021 yilning yanvar-oktabr oylarida Özbekistonga qiymati 110,2 mln AQŞ dollariga teng bölgan 300 mln litrdan ziyod avtomobil benzini import qilingan.
Avtomobil benzini importi ötgan yilning mos davriga nisbatan 128 mln litrga oşgan.
Özbekiston avtomobil benzinini import qilgan asosiy davlatlar quyidagiça:
- Rossiya – 142,3 mln litr;
- Turkmaniston – 136 mln litr;
- Qozoğiston – 16 mln litr;
- Iroq – 3,6 mln litr;
- Eron – 1,8 mln litr.
Özbekistonda 2021 yilning yanvar-oktabr oylarida 902,7 ming tonna avtomobil benzini işlab çiqarilgan.
Avvalroq, iqtisodçi Abdulla Abduqodirov Özbekistonda benzin narxi barqarorlaşişi uçun importga qöyilgan tösiqlarni olib taşlaş kerakligini aytgandi.
U Kun.uz'ga bergan intervyusida tösiqlar saqlanib qolayotganini “bu yerda kimlarningdir manfaati bölişi mumkin”ligi bilan izohladi.












