Samsung Electronics AQŞning Texas ştatida 17 mlrd dollarga yarimötkazgiçlar işlab çiqariladigan zavod quradi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.
Zavodga poydevor qöyiş 2022 yilning birinçi yarmida amalga oşiriladi, 2024 yilning ikkinçi yarmida esa korxona işga tuşadi.
Yangi korxonaga mablağ sarflaş (17 mlrd dollar) bilan birgalikda Samsung AQŞga 47 mlrd dollardan ortiq investitsiya kiritadi.
Yangi zavod aholisi 16 ming kişini taşkil etuvçi Teylor şahrida quriladi, şahardan 25 km uzoqlikdagi Ostin şahrida Samsung kompaniyasining yana bir zavodi joylaşgan.
Ma'lumotlarga köra, AQŞning mikrosxemalar işlab çiqariş böyiça jahondagi uluşi 1990 yildagi 37 foizdan 12 foizga tuşib ketgan. Hozirda uşbu sohada Xitoy, Tayvan va Janubiy Koreya yetakçi hisoblanadi.












