22 noyabr kuni Özbekiston va Turkiya ombudsmanlari örtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Bu haqda Oliy Majlisning Inson huquqlari böyiça vakili matbuot xizmati xabar bermoqda.
Memorandum doirasida Turkiya hududidagi Özbekiston fuqarolarining va Özbekiston hududidagi Turkiya fuqarolarining huquqlari va erkinliklari buzilişi holatlari böyiça kelib tuşgan murojaatlarni hal etişda kömaklaşiş közda tutilgan.
Şuningdek, inson huquqlarini ta'minlaş yuzasidan özaro tajriba almaşiş, xodimlar malakasini oşiriş, har ikkala davlat uçun dolzarb bölgan mavzular va yönalişlarda turli forum, konferensiya va seminar-treninglar ötkaziş hamda aholining huquqiy savodxonligini oşirişga qaratilgan çora-tadbirlarni amalga oşiriş maqsad qilingan.
Özbekiston ombudsmani Feruza Eşmatova va Turkiya parlamentining boş ombudsmani Şeref Malköç örtasidagi uçraşuvda ikki davlat örtasidagi munosabatlar tarixida yangi sahifa oçilgani ta'kidlandi.
Şuningdek, Anqaraga taşrifi doirasida Oliy Majlisning Inson huquqlari böyiça vakili Feruza Eşmatova Turkiya Adliya vazirligi huquqiy masalalar böyiça boş direktori Hoqon Öztatar, Buyuk Millat majlisidagi «Turkiya — Özbekiston» parlamentlararo guruhi raisi Usmon Mesten hamda Turkiya Oliy ma'muriy sudi prezidenti Zeki Yigit bilan ham uçraşdi.
Uçraşuvlarda inson huquqlarini ta'minlaşda parlamentlararo, hukumatlararo hamkorlikni har tomonlama mustahkamlaş masalalari muhokama etildi va özaro tajriba almaşildi.

















