Gavhar Yertayevaning nima uçun aynan FarDUda tahsil olayotganiga qiziqib, u bilan suhbatlaşdik. Yoş talaba özi va oilasi, tuğilib ösgan uyidan olisda bölişiga qaramay, Farğonada tahsil oliş sabablari haqida sözlab berdi.

«Toşkent viloyati Qibray tumanida tuğilganman. Oilada 3 farzandmiz. Men kenja farzandman. Opam va akam bor. Opamning oilasi iş yuzasidan Farğonaga kelib örnaşib qolgan.
Bu yil öqişga topşirgandim. 5 ta oliy öquv yurtidan biri Farğonada edi. Nasib ekan Farğonaga kelib öqiyapman. FarDUning maktabgaça va boşlanğiç ta'lim fakulteti 1-kurs talabasiman.
Maktabni tamomlaganimdan söng pişiriqlar tayyorlaşga qiziqdim. 5 oy davomida öqib ham işladim. Undan keyin özim mustaqil iş boşlagandim. FarDUga öqişga kirganimdan keyin u işni vaqtinça töxtatdim.
Fantaziyalar yaratib pişiriqlar tayyorlaşga qiziqaman. Pişiriq tayyorlaş mening xobbim bölgan».

Talaba Farğonaga yangi kelgan paytlari tuğilib ösgan şahrini soğinib, qiyin ahvolga tuşgani haqida hikoya qildi. Uning onasi ham pedagog bölib işlagan ekan.
«Farğonaga yangi kelganimda qiynaldim. Özim tuğilib ösgan şahrimni soğindim. Hozir esa musofir yurtda yaşaşga könikib ketdim. Toşkentdagi maktab öqituvçilarim qattiqqöl edi. Farğonadagi öqituvçilar esa undan-da qattiqqölroq ekan. Darslardayam faol bölişga harakat qilyapman.
Maktabda rus tili va adabiyoti fanini yaxşi körar edim. Öşa qiziqişim bu yerda qöl kelyapti.
Sinfdoşlarim köpçiligi pulga qiziqib, hozirda öqişni bir tomonga surib qöyib, özini biznesga urgan. Ular özini oyoqqa turğazib oila qurmoqda. Men öqiş yölini tanlab, kelajagimni öylab şu yönalişdan ketyapman.
Maktabgaça ta'lim yönalişini tanlaganimning boisi — onam özlari pedagog. Avvallari onamning işxonalariga borganimda dars ötayotganlarini körib, sohaga qiziqişim ortgan. Men ham onamning yönalişida ketyapman. Şu sohaga öqişga kirganimda ham onam xursand böldi».











