Moliya vazirligi hisobotiga köra, davlat qarzining yalpi içki mahsulotga (YaIM) nisbati barqarorlaşiş tendensiyasi saqlanib qolib, yil boşidagi 38,9 foizdan (1 iyul holatiga – 38,5 foiz) joriy yilning 1 oktabr holatiga 38,4 foizgaça pasaydi.

Qayd etilişiça, joriy yilning iyul-sentabr oylarida davlat qarzi qoldiğining 1,1 mlrd dollarga oşişi, asosan, davlat budjeti taqçilligining moliyalaştirilişi va investitsion loyihalarning amalga oşirilişi natijasida qarz mablağlarining özlaştirilişi bilan birga, 356,4 mln dollar miqdoridagi davlat qarzining söndirilişi bilan izohlanadi. 

Natijada, joriy yilning III çoragida: Özbekiston nomidan jalb qilingan taşqi qarz qoldiği 897,6 mln dollarga oşdi; davlat kafolati ostida jalb qilingan taşqi qarz qoldiği 42,2 mln dollarga oşdi; davlat tomonidan kafolatlangan hamda davlat budjetidan qaytariladigan içki majburiyatlar qoldiği 102,2 mln dollarga oşdi; Özbekiston nomidan 1 196,4 mlrd sömlik davlat qimmatli qoğozlari (DQQ) emissiya qilinişi va 407,2 mlrd söm miqdoridagi DQQ söndirilişi natijasida DQQ böyiça qarzdorlik qoldiği 789,2 mlrd sömga oşdi.

Bildirilişiça, joriy yil boşidan kuzatilayotgan davlat qarzining YaIMga nisbati pasayiş tendensiya, asosan, davlat qarzini xavfsiz darajada saqlaş va uni samarali boşqariş borasida amalga oşirilayotgan prudensial çoralar, yalpi içki mahsulotning real ösiş sur'atlari oşişi bilan izohlanadi. 

Yalpi içki mahsulotning real ösiş sur'ati joriy yilning III çoragida 6,9 foizni taşkil etgan bölsa, AQŞ dollaridagi davlat qarzi qoldiği 4,6 foizga oşdi. 

Özbekiston nomidan yoki davlat kafolati ostida yangi jalb qilinadigan qarz hajmiga belgilanayotgan yillik limitlar bosqiçma-bosqiç maqbullaştirib borilayotgani aytiladi. 

2020 yilda davlat taşqi qarzini jalb etiş böyiça imzolanadigan yangi şartnomalarning çegaralangan hajmi 5,5 mlrd dollar miqdorida belgilangan (amalda 5,35 mlrd dollar miqdoridagi davlat taşqi qarz bitimlari imzolangan). 2021 yilda davlat içki va taşqi qarzlarini jalb qiliş böyiça yillik imzolanadigan yangi bitimlarning çeklangan sof hajmi 5,5 mlrd dollar (şundan, davlat qimmatli qoğozlarining sof hajmi – 5 trln söm) miqdorida belgilangan. 

“2022 yil uçun Özbekiston davlat budjeti töğrisida”gi qonun loyihasi bilan 2022 yilda davlat taşqi qarzlarini jalb qiliş böyiça yillik imzolanadigan yangi bitimlarning çeklangan hajmi 4,5 mlrd dollar, Özbekiston nomidan çiqariladigan davlat qimmatli qoğozlarining çeklangan sof hajmi 6 trln söm miqdorida belgilanişi taklif etilmoqda.