Klub rasmiy sayti xabariga köra, viloyat hokimi Samvel Babayanni rasman boş murabbiy sifatida taniştirib, 2022 yildan Samvel Vyaçeslavoviç Namangan klubini boşqarişini ma'lum qilgan.
«Yurtimizning taniqli mutaxassislaridan biri, «Paxtakor» jamoasi bilan köplab yutuqlarni qölga kiritgan, şuningdek, Özbekiston milliy jamoasida ham faoliyat yuritgan Samvel Vyaçeslavoviç Babayan «Navbahor» PFK bilan şartnoma imzoladi.
Jamoamiz 2022 yilgi mavsumni Samvel Babayan boş murabbiyligida boşlaydi.
Biz «Navbahor»ning Samvel Vyaçeslavoviç qöl ostida yuksak natijalarni qölga kiritişi va şonli tarixini qaytarişiga tilakdoşmiz», - deyiladi klub xabarida.
Ikki kun avval, Namangan viloyati hokimi «Navbahor» futbolçilari bilan uçraşib, 2022 yilda klub oldiga katta maqsadlar qöyilişi, tarkib kuçaytirişi haqida ma'lum qilgan va jamoa oldiga Superliga sönggi turi doirasida «Qöqon-1912»ga qarşi vodiy derbisida faqat ğalaba qozoniş vazifasi qöyilgandi.

Ma'lumot uçun, Viktor Jalilov murabbiyligidagi «Navbahor» Superliga 25-turidan keyin 6-örinni egallab turibdi. Babayan hozirgi kunga qadar klubda maslahatçi-murabbiy lavozimida işlardi.












