O‘zbekiston | 16:23 / 28.11.2021
9805
2 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyev: «Yaqin qo‘shnilar yordamisiz afg‘on xalqi yakka holda qiyin sinovlardan o‘ta olmaydi»

Shavkat Mirziyoyev Ashxobodda ham qo‘shni Afg‘onistondagi vaziyat haqida alohida to‘xtalib o‘tdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Shavkat Mirziyoyev Turkmanistonning Ashxobod shahrida o‘tgan Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining 15-sammitida nutq so‘zlab, Afg‘onistondagi bugungi vaziyat haqida to‘xtalib o‘tdi.

«Ushbu mamlakat kun sayin og‘ir gumanitar inqirozga kirib bormoqda. Xalqaro hamjamiyat, jumladan, yaqin qo‘shnilar yordamisiz afg‘on xalqi yakka holda bu qiyin sinovlardan o‘ta olmaydi.

Shu bois afg‘on xalqiga zarur yordam ko‘rsatish bo‘yicha sa'y-harakatlarni birlashtirish va umumiy yondashuvlarni ishlab chiqishimiz kerak.

Shuningdek, Afg‘oniston bilan mintaqaviy ahamiyatga ega bo‘lgan yirik savdo, transport va energetika loyihalarini amalga oshirish ishlarini izchil davom ettirish tarafdorimiz», deya Shavkat Mirziyoyevning so‘zlarini keltiradi uning matbuot kotibi Sherzod Asadov.

  • Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidenti 21 sentabr kuni BMT Bosh Assambleyasining 76-sessiyasida videomurojaat bilan so‘zga chiqqanida ham Afg‘onistonni yakkalab, uni muammolar girdobiga tashlab qo‘yish mumkin emasligini aytgandi. «Bizning asosiy maqsadimiz — Markaziy Osiyoni farovon va barqaror rivojlanayotgan, ishonch va do‘stlik makoniga aylantirishdir. Buning uchun biz qo‘shni va yondosh mintaqalar bilan o‘zaro aloqalarni kuchaytirishga ustuvor ahamiyat qaratmoqdamiz», degandi Shavkat Mirziyoyev.

Mavzuga oid