Vazirlik matbuot xizmatining ma'lum qilishicha, uchrashuvda tomonlar O‘zbekistonning BMT va uning inson huquqlari sohasidagi ixtisoslashgan tuzilmalari bilan o‘zaro hamkorligi masalalarini muhokama qildi.
«BMT maxsus ma'ruzachisi mamlakatimizda fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta'minlash, boshqa davlatlarda og‘ir ahvolga tushib qolgan shaxslarga samarali yordam ko‘rsatish, jumladan, Yaqin Sharqdagi urush hududlaridan odamlarni, ayniqsa, ayollar va bolalarni vatanga qaytarish borasidagi sa'y-harakatlarini yuqori baholadi», — deyiladi TIV axborotida.
Shuningdek, muzokaralar chog‘ida Afg‘onistondagi vaziyat yuzasidan fikr almashildi hamda afg‘on xalqiga tezkor insonparvarlik yordami ko‘rsatish zarurligi haqida umumiy fikr bildirildi.











