Madaniy meros agentligi xabariga köra, muzeylar qonunçilikda taqiqlanmagan hamda qonunning 24-moddasida nazarda tutilgan muzeylarni taşkil etiş maqsadlariga mos bölgan faoliyat turlarini öz ta'sis hujjatlariga muvofiq amalga oşirişi mumkin. Bunda muzeylar tomonidan muzey aşyolari va muzey kolleksiyalarining but saqlanişi ta'minlanişi kerak.

Davlat muzeylariga pulli xizmatlar körsatişdan, xayriyalardan va qonunçilikda taqiqlanmagan boşqa manbalardan kelib tuşadigan mablağlar kelgusi yil uçun budjetdan moliyalaştiriş hajmini belgilaşda hisobga olinmaydi hamda uşbu mablağlar hisobiga budjetdan moliyalaştiriş miqdori kamaytirilmaydi. Bunda, körsatilgan mablağlardan davlat muzeylarining moddiy-texnika bazasini rivojlantiriş, ilmiy salohiyatini oşiriş va ularni tarğib qiliş hamda qonunçilikda belgilangan boşqa maqsadlar uçun foydalaniş nazarda tutiladi.

Amaldagi «Muzeylar töğrisida»gi qonunda (2008 yil) muzeylar notijorat madaniyat muassasasi ekanligi belgilangan. Bu, öz navbatida, muzeylarning pulli xizmatlar körsatişi va boşqa tijorat faoliyatini amalga oşirişiga ta'sir körsatayotgandi.

Ma'lumot uçun, hozirda 124 ta muzey faoliyat olib bormoqda, şundan 116 tasi davlat va 8 tasi nodavlat muzey hisoblanadi.