Klub rasmiy sayti xabariga köra, Ralf Rangnik joriy mavsum yakuniga qadar «MYu» boş murabbiyi vazifasini bajaruvçi etib tayinlandi. Germaniyalik mutaxassis mavsum yakunlangaç, ikki yil davomida klubda maslahatçi sifatida faoliyat yuritadi.
Sulşer iste'fosidan keyin klubni ikki öyinda boşqargan Maykl Kerrik murabbiylar ştabida qolişi kutilmoqda.
Avvalroq, uşbu murabbiy tanlovi va uni tayinlaş qaroriga kelişda «MYu» sobiq boş murabbiyi Aleks Fergyuson iştirok etmagani aytilgandi.
Ma'lumot uçun, 63 yoşli Ralf Rangnik 2015-2019 yillarda «Leypsig» klubini boşqargandi. 2021 yilning yozidan buyon mutaxassis Rossiyaning «Lokomotiv» klubi sport işlari va rivojlantiriş bölimi rahbari sifatida işlab kelayotgandi.












