Birlaşgan Qirollik meteorologiya xizmati şanba kuni mamlakatning ayrim qismlarida boşlangan kuçli şamolning tezligi 44 metr/sekundga yetişi ortidan xavfning eng yuqori – qizil darajasini e'lon qildi. Kuçli şamol oqibatida mamlakat şimolida 100 mingdan ortiq inson bir neça kun davomida elektr energiyasidan uzilib qolgan.
Keyinçalik xavf darajasi sariqqa tuşirilgan bölsa-da, aholidan ogohlikni saqlaş va zaruratsiz köçaga çiqmaslik söralmoqda.
Britaniya Energiya tarmoqlari assotsiatsiyasi böron oqibatida infratuzilmaga yetgan zararni 2005 yildan keyingi davrdagi eng kattasi deb atadi.

Dam oliş kunlari Birmingem atrofi va Şotlandiyaning ayrim şaharlarida boşlangan kuçli qor böronlari temir yöl va avtomobil transporti harakatini çeklab qöydi. Angliya Premer-ligasi doirasidagi bir neçta futbol öyinlari qoldirildi.
OAVda tabiiy ofat manzaralari aks etgan suratlar keng tarmoqda.

Foto: SIMON C WOODLEY

Foto: Danny Lawson/PA

Foto: Charlotte Graham/Shutterstock

Foto: Peter Byrne/PA

Foto: Getty Images






















