Ma'lumotlarga köra, voqea 27 noyabrda yuz bergan. 26 yoşli migrant aeroportning uçiş-qöniş yölagiga yaşirinça ötib, samolyotni parvozga tayyorlaş vaqtida uning şassi bölmasiga yaşirinib olgan.
Noodatiy yölovçi AQŞga kelgandan keyin çegaraçilar tomonidan uşlangan. Ma'lumotlarga köra, unga xavfli parvoz vaqtida şikast yetmagan. Erkak tekşiruvdan ötkaziş uçun tibbiy muassasaga yetkazilgan.
Avgust oyida Afğonistonda hokimiyatni toliblar egallagandan keyin Kobul aeroportidan evakuatsiya vaqtida bir qança afğonistonliklar AQŞ harbiy samolyotiga taşqi tomondan çirmaşgan holda mamlakatni tark etişga uringan. Biroq ular yuqori tezlikda uçuvçi samolyotning şassisi yoki korpusini uzoq vaqt davomida uşlab tura olişmagan va natijada katta balandlikdan yerga qulab halok bölişgan.
Jumladan, Kobuldan AQŞga kelgan S-17 harbiy-transport samolyoti şassi qismida jasad topilgan. Keyinroq uşbu jasad futbol böyiça Afğoniston yoşlar terma jamoasi a'zosi Zakiy Anvariyga tegişli ekani aniqlangan.












