Futbol böyiça Afğoniston yoşlar terma jamoasi a'zosi Zakiy Anvariy mamlakatdan qoçişga uringanida halok böldi. Bu haqda mahalliy jurnalistga tayanib Lenta.ru xabar bermoqda.
Ma'lum bölişiça, sportçi C-17A samolyotining şassisiga osilgan kuyi mamlakatni tark etişga uringanlar orasida bölgan. Zakiyning tanasi bölaklari şassi bölinmasidan topilgan.
16 avgust kungi talatöplar çoğida bir qança afğonistonliklar Kobul aeroportidan uçayotgan AQŞ harbiy samolyotiga taşqi tomondan çirmaşgan holda mamlakatni tark etişga uringan. Biroq ular yuqori tezlikda uçuvçi samolyotning şassisi yoki korpusini uzoq vaqt davomida uşlab tura olişmagan natijada ular katta balandlikdan yerga qulab halok bölişgan.
Toliblar 15 avgustda Afğonistonda hokimiyatni qölga olişdi. Hukumat va yuqori davlat apparatining katta qismi mamlakatdan qoçişdi. “Tolibon” harakati vakillari xalqaro hamjamiyatni özlarining barça manfaatdor tomonlar bilan tinç va konstruktiv munosabatlarni saqlab qoliş niyatida ekaniga işontirişmoqda.













