Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘iston «omikron» sababli bir qancha davlatlardan kirishni cheklaydi
Cheklov chorasi 3 dekabrdan kuchga kiradi.
Foto: Kapital.kz
Qozog‘iston hukumati mamlakatda koronavirusning «omikron» shtammi tarqalishining oldini olish maqsadida bir qator davlatlardan xorijliklarning kirishini cheklashga qaror qildi. Bu haqda seshanba kuni hukumat yig‘ilishida respublika sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari Marat Shoranov ma'lum qildi.
«Omikron» yangi shtammining paydo bo‘lganligini hisobga olib, idoralararo komissiya 3 dekabrdan cheklov choralarini joriy etish to‘g‘risida qaror qabul qildi», dedi u.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ular Botsvana, Namibiya, Lesoto, Zimbabve, Mozambik, Madagaskar, Tanzaniya va boshqa davlatlardan bo‘lgan xorijiy fuqarolarning Qozog‘istonga kirishiga cheklov chorasini o‘z ichiga oladi.
Shuningdek, «omikron» shtammi aniqlangan davlatlardan kelganlar uchun PZR testini taqdim etish bo‘yicha majburiy talab joriy etilmoqda. Bundan tashqari, yuqoridagi mamlakatlardan kelganlar o‘zlarini yakkalashlari kerak. Qozog‘iston hukumati Misr bilan ham aviaqatnovlarni to‘xtatishga qaror qildi.
Qozog‘istonning o‘zida koronavirus infeksiyasining «omikron» shtammi hozircha aniqlanmadi.
Mavzuga oid
09:36 / 14.02.2026
Qozog‘istonlik sportchi Olimpiada-2026da oltin medalni qo‘lga kiritdi
17:07 / 12.02.2026
Qozog‘istonda Konstitutsiyani yangilashmoqchi. Bu To‘qayevning hokimiyatini mustahkamlashi mumkin
18:44 / 11.02.2026
Qozog‘istonda yangi Konstitutsiya bo‘yicha referendum sanasi belgilandi
10:44 / 11.02.2026