Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda 10 kilogrammdan oshiq marixuana saqlab kelayotgan shaxs ushlandi
Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumanida o‘tkazilgan tadbirda 10 kilogrammdan oshiq marixuana saqlab kelayotgan shaxs ushlangan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, tezkor qidiruv tadbirlari davomida Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumani «Avg‘onbog‘» MFYda yashovchi fuqaro E.F. yashash xonadonining chordog‘idan marixuana topilgan.
Tadbir davomida aniqlanishicha, xonadon egasi jami 10 kilogrammdan ortiq marixuana giyohvandlik moddasini alohida o‘rab qo‘yilgan holda saqlab kelgan.
Qayd etilishicha, aniqlangan 10 kilogrammdan oshiqroq marixuana giyohvandlik moddalari kelgusida tekshirib ko‘rish maqsadida xolislar ishtirokida hujjatlashtirib olingan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yil 27 noyabr kuni aynan G‘uzor tumani Afg‘onbog‘ mahallasida o‘tkazilgan tadbirda yashash uyida 10,8 kg marixuana, 16,5 kg kannabis saqlab kelayotgan shaxs ushlangandi.
Mavzuga oid
08:26 / 25.06.2026
5 kilogrammdan ortiq gashish, marixuana va minglab dori vositalari aniqlandi
11:45 / 18.05.2026
“Boshim og‘riganda choy qilib ichib turardim” – Qashqadaryoda IIB xodimi uyidan marixuana topildi
09:02 / 26.01.2026
Andijonda yirik miqdorda giyohvandlik vositasi saqlagan shaxs ushlandi
08:22 / 14.11.2025