«Tolibon» rasmiylari Özbekiston tomoniga iqtisodiy va tranzit loyihalari böyiça hamkorlikni kengaytiriş yuzasidan barça şartlarni bajargan. Bu haqda Özbekiston prezidentining Afğoniston böyiça maxsus vakili Ismatulla Ergaşev va Afğoniston muvaqqat hukumati vakili – boş vazir örinbosari Abdulğani Birodar örtasidagi uçraşuvda ta'kidlangan.

Uçraşuvda qatnaşgan yana bir muvaqqat hukumat a'zosi Abdul Salom Hanafiy mamlakatda investor va tadbirkorlar uçun barça zaruriy şaroitlar yaratilgani, şuningdek, özbek tili qöllab-quvvatlanişi haqida gapirgan.

«Sputnik Afğoniston» naşriga köra, KamAir aviakompaniyasi direktori Zamari Kamgar kelasi haftadan boşlab, haftasiga 2 marta Toşkent-Kobul va Kobul-Toşkent aviareyslari yölga qöyilişini ma'lum qilgan.

«Özbekiston havo yöllar» aviakompaniyasi matbuot kotibi Kun.uz bilan suhbatda KamAir aviakompaniyasi Toşkent-Kobul örtasidagi reyslarni amalga oşirişini tasdiqladi. Lekin reyslar soni va qaçondan boşlanişi haqida hozirça ma'lumot yöq.

Transport vazirligi matbuot xizmati esa, hozirça Toşkent-Kobul örtasidagi reyslar oçilişi haqida ma'lumot yöqligi, bu faqat Afğoniston tomonining taklifi ekanligini aytdi.

Taşqi işlar vazirligi uşbu masala yuzasidan qöşimça izoh bermagan.

Vazirlikning Kobuldagi uçraşuv yuzasidan bergan rasmiy axborotda  ham ikki davlat örtasida aviqatnovlarni tiklaş borasida heç qanday ma'lumot berilmagandi. Rasmiy relizda Afğoniston tomoni Surxon – Puli-Humri elektr uzatiş liniyasi va Mozori Şarif-Kobul-Peşovar temir yöli qurilişi kabi infratuzilma loyihalarini amalga oşirişni imkon qadar tezroq boşlaşga tayyorligi, Özbekiston va mintaqaning boşqa davlatlariga Afğoniston hududidan tahdid kelmasligiga işontirilgani haqida gap boradi.

18 noyabr kuni «Tolibon» hukumati axborot va madaniyat vaziri örinbosari Zabihulla Mujohid Rossiya va boşqa mamlakatlar bilan muntazam aviaqatnovlarni tiklaş ustida işlar olib borilayotganini ma'lum qilgan edi