Rossiyalik blogerlar va YouTube’dagi “Garaj 54” kanali mualliflari özlarining eng noodatiy loyihalaridan birini taqdim qilişdi. Ular ikkita VAZ-2106 “Jiguli” maşinasini yon qismi bilan bir-biriga payvandlab, eni 3 metrdan oşuvçi 2 ta rulli maşinani hosil qilişdi.

E'tiborlisi, uşbu antiqa maşinani bamaylixotir boşqariş va hattoki unda drift amalga oşiriş ham mumkin.

Loyiha mualliflari hosil bölgan “qöşaloq” maşinaning eni qança metrni taşkil qilişiga aniqlik kiritişmagan. Biroq standart VAZ-2106 modelining eni 1611 millimetrni taşkil qilişi hisobga olinsa, hosil bölgan maşina eni 3,2 metrdan kattaroqni taşkil qiladi.

Uşbu antiqa maşina namoyiş qilingan videoda transport vositasi rullari ortida bittadan haydovçi ötirganini köriş mumkin. Ehtimol, bunga avtomobilni faqat 2 kişi birgalikda boşqara olişi sabab bölişi mumkin. Maşina besönaqay bölişiga qaramay, haydovçilar unda nafaqat sayr qilişga, balki drift amalga oşirişga ham muvaffaq bölişgan.

Uşbu maşina blogerlar uçun birinçi bunday noodatiy loyiha emas. Sentyabr boşida ular VAZ-2106 negizida qurilgan 14 ğildirakli “Jiguli”ni taqdim qilişgan.