«Toşkent derbisi» maqomida ötgan bellaşuvning qiziqarli keçişi dastlabki daqiqalardanoq ma’lum bölib ulgurdi. «Şerlar» himoyasidagi pala-partiş harakatlar 5-daqiqada Ruslanbek Jiyanovning goliga sabab böldi.
Goldan keyin özini önglab olişga ulgurmagan «Paxtakor» bir kişi kam bölib qolişiga töğri keldi. 15-daqiqada Ikrom Aliboyev qizil kartoçka olib, maydonni tark etdi. E’tiborlisi, 2-turda aynan 28 yoşli yarimhimoyaçiga işlatilgan qöpollik uçun «Neftçi» futbolçisi Abror Ismoilov maydondan çetlatilgandi.
Biroq qizil kartoçka Slavçe Voyneski şogirdlariga ijobiy ta’sir qildi va ular 22-daqiqada Temur Kapadze şogirdlarining himoyalanişdagi pozitsion xatosi evaziga gol urib ketişdi. Farruh Sayfiyevning yaqin burçakka yöllagan zarbasini Vladimir Nazarov qaytara olmadi.
Himoyalanişdagi xatolar «Olimpik»ka qimmatga tuşişda davom etdi. 60-daqiqada Saidazamat Mirsaitov Aziz Turğunboyevni birga-bir vaziyatga çiqib ketayotgan bir paytda yiqitdi. Uçraşuv boş hakam Elyor Tursunov VAR orqali vaziyatni körib, vaziyatni sönggi umid foli deb baholadi. Natijada, «Olimpik» ham uçraşuvning qolgan vaqtini 10 kişi bölib ötkazişiga töğri keldi.
Uçraşuv yakunida «Olimpik»ning qarşi hujumlari xavfli köriniş oldi. Ammo «olimpiyaçilar»ga biroz tajriba yetişmadi va öta qulay imkoniyatlarni ham golga aylantira olmay qolişdi.
Durang orqali «Paxtakor» hisobidagi oçkolar 7taga yetdi va onlayn jadvalda peşqadamga aylanib oldi. «Olimpik» esa hamon ğalabasiz yurişini davom ettirmoqda. Hisobidagi 2 oçko bilan Kapadze şogirdlari 11-örinni egallab turişibdi.














































