Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
JSST “omikron” shtammi bilan bog‘liq o‘lim holatlari to‘g‘risida ma'lumot yo‘qligini aytdi
JSST vakilining so‘zlariga ko‘ra, yangi shtammga oid aniq ma'lumotlar bir necha haftadan keyin paydo bo‘ladi.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti “omikron” shtammi bilan bog‘liq o‘lim holatlari to‘g‘risida hozircha ma'lumotga ega emas, dedi JSST vakili Kristian Lindmayyer.
“Men hozircha “omikron” shtammi bilan bog‘liq o‘lim holatlari to‘g‘risidagi qaydlarni ko‘rmadim. Ammo barcha ma'lumotlarni yig‘yapmiz va ular ko‘payadi, chunki ko‘plab mamlakatlar buni kuzatib bormoqda. Kasallik yuqtirishlar soni ko‘paysa, ma'lumot ko‘payadi, ammo umid qilamanki, o‘limlar bo‘lmaydi”, — dedi u.
JSST vakilining so‘zlariga ko‘ra, yangi shtammga oid aniq ma'lumotlar bir necha haftadan keyin paydo bo‘ladi.
Hozircha dastlabki tadqiqotlar “omikron” koronavirusning barcha variantlariga nisbatan yuqumliroq ekanligini ko‘rsatyapti.
Avvalroq Avstraliya bosh shifokori Pol Kelli “omikron” shtammini yuqtirgan bemorlarda og‘ir holatlar kuzatilmaganini ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
20:58 / 26.05.2026
Afrikadagilar Ebola bezgagi tarqalishini jilovlay olmayapti
22:16 / 25.05.2026
JSST Kongoda Ebola epidemiyasi nazoratdan chiqib ketgani haqida ogohlantirdi
18:24 / 22.05.2026
Ebola yangi shtammiga qarshi vaksina faqat olti-o‘n oydan keyin tayyor bo‘ladi – JSST
20:13 / 19.05.2026