Yevropa ittifoqi Belarusga qarşi 5-sanksiyalar paketini kiritdi. Uşbu röyxatga 11 nafar yuridik va 17 nafar jismoniy şaxs kiritilgan. Yevropa ittifoqi kengaşi qaroriga köra, sanksiyalar YeI çegaralaridagi migratsiya inqirozi bilan boğliq holda qabul qilingan. Bryusselning fikriça, bu Minsk tomondan “gibrid hujum” hisoblanadi.
Sanksiyalar röyxatiga “Belavia” aviakompaniyasi, Belarus çegara maxsus kuçlari, “Tsentrkurort” davlat turistik agentligi, bir neçta mehmonxona va yana bir neçta turagentlik kiritilgan. Şuningdek, uşbu röyxatga Suriyaning Minskka parvozlar amalga oşiruvçi Cham Wings aviakompaniyasi, Turkiyada joylaşgan va Belarusga sayyohlik turlarini rasmiylaştiruvçi VIP Grub agentligi ham kirgan.
Bundan taşqari, Belarus davlat çegara qömitasi rahbari Anatoliy Lappo, uning örinbosari Igor Marşalov, Belarus taşqi işlar vazirligi matbuot kotibi Anatoliy Glaz, çegara qöşinlari bölinmalari rahbarlari va boşqa kuç tuzilmalari vakillari, sudyalar ham sanksiyalar ostiga tuşgan.
Şu tariqa, Yevropa ittifoqining Belarusga qarşi kiritgan sanksiyalari röyxati ostiga tuşganlar soni jami 183 jismoniy va 26 yuridik şaxsga yetgan. Yevropa ittifoqi biznes vakillariga sanksiyalar ostiga tuşgan şaxslar bilan har qanday aloqalar man etiladi, uşbu şaxslarga Yevropa ittifoqi hududiga kiriş taqiqlanadi va ularning ittifoq davlatlaridagi bank hisob raqamlari muzlatiladi.












