Amerikalik olimlar guruhi okeanda bir kilometrdan çuqurroqda yaşovçi ulkan meduzani tasvirga olişga muvaffaq bölişdi. Uşbu meduzalar turi juda kam uçragani sababli “arvoh meduzalar” deb ham ataladi.
Kaliforniyadagi Monterey-Bey akvariumi tadqiqot instituti olimlari Stygiomedusa gigantea deb nomlanuvçi turga mansub meduzani tasvirga oliş uçun ROV Doc Rickets suvosti qurilmasini 900 metr çuqurlikka tuşirişgan.
Olimlarning ta'kidlaşiça, meduzaning ölçamlari haqiqatan ham hayratlanarli darajada katta: uning boşi diametri köndalang kesimda bir metrdan köproqni taşkil qiladi, 4 ta paypaslagiçidan har birining uzunligi esa 10 metrdan oşadi.
Olimlar minglab şönğişlarga qaramay, dunyo okeanining turli qismlarida yaşovçi uşbu turni juda kam uçratişgan: “arvoh meduza” ilk bor 1899 yilda qayd qilingan va olimlar öşandan beri uni 100 martagina körişga muvaffaq bölişgan.
Şu sababli bunday kamyob suvosti “maxluqi”ni tirik holida tasvirga oliş katta omad hisoblanadi, çunki odatda biologlar törlarga tutilgan ölik jonzotlar bilan iş körişlariga töğri keladi.











