Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonga kartoshka asosan qaysi davlatlardan olib kelinayotgani ma'lum bo‘ldi
Kartoshka importi qariyb 103 ming tonnaga oshgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumot berdi.
Foto: O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi
Qo‘mita xabariga ko‘ra, 2021 yilning yanvar-oktabr oylarida O‘zbekiston 13 ta xorijiy davlatlardan qiymati 44,5 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan 389,5 ming tonna kartoshka import qilgan.
Kartoshka importi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda qariyb 103 ming tonnaga oshgan.
2021 yilning o‘tgan 10 oyida O‘zbekiston eng ko‘p kartoshka import qilgan davlatlar quyidagicha:
- Qozog‘iston – 128 ming tonna;
- Eron – 127 ming tonna;
- Pokiston – 100 ming tonna;
- Qirg‘iziston – 19 ming tonna;
- Niderlandiya – 11 ming tonna;
- Rossiya – 4,4 ming tonna;
- Fransiya – 616 tonna;
- Afg‘oniston – 374,6 tonna;
- Germaniya – 66,3 tonna.
Mavzuga oid
15:40 / 07.02.2026
40 yoshdan keyin ota bo‘lganlar ulushi 7 foiz - statistika
13:53 / 07.02.2026
O‘zbekistonliklar ta’limga 39 trln so‘mdan ortiq mablag‘ sarfladi
12:57 / 07.02.2026
O‘zbekistonda 1000 aholiga 31 ta tadbirkorlik sub’yekti to‘g‘ri keladi
11:51 / 07.02.2026