Vazir tomçilatib suğorişni keng joriy qiliş borasida qilinayotgan işlarni jamoatçilik sezmayotgani haqida

Şavkat Hamroyev şu mazmundagi savolga javob berar ekan, jurnalistning fikriga qöşilmasligi, qilinayotgan işlar yetarliligi va ular OAVda doimiy tarzda yoritib borilayotganini bildirdi.

«Biz tomçilatib suğoriş texnologiyalarini joriy qiliş borasidagi işlarimizni biror kun yöqki, gazeta va internet naşrlarda yoritmayotgan bölsak. Vazirlik faoliyatida hamma işni zör demoqçi emasman, kamçiliklarimiz köp. Biz ularni töğrilaş ustida har kuni işlayapmiz. Bizning kompleks gazetalarimizni körsangiz qilayotgan işlarimiz bilan tanişasiz», – dedi u.

Tomçilatib suğoriş texnologiyalarini keng joriy qilişda davlat subsidiyalari şartlarining örtaça imkoniyatli fermerga hamon qiyin ekanligi haqida

Suv xöjaligi vaziri tomçilatib suğoriş texnologiyalarini joriy qilişda hukumat berayotgan subsidiyalarning örtaça imkoniyatli fermerlarga hamon yetarli emasligi haqida ham gapirdi.

«Davlat subsidiyalari bilan tomçilatib suğoriş texnologiyalarini joriy qilgan va katta natijalarga erişayotgan fermer xöjaliklari va klasterlar köp. Buni davlat rahbari ham joylarda yurib köryapti. Masalan, Buxoro viloyati Olot tumanida «Mergan tex» klasteri rahbari Ibrohim Hamroyev bu borada davlat berayotgan imkoniyatlarga minnatdorlik bildirdi.

Bu işlar faqat Buxoroda bölayotgani yöq. Yurtboşimiz şuningdek, Farğona, Andijon, Jizzax viloyatlarida bölganda ham bu kabi işlarni kördi.

Ammo şoli kurmaksiz bölmaganidek, berilayotgan subsidiyalardan notöğri foydalanayotgan fermerlar ham bor. Ular qilayotgan işlar evaziga töğri ketayotgan işlar ham notöğri körinib qolyapti.

Bizda bundan boşqa iloj yöq. Tomçilatib suğorişni yanada keng joriy qilişimiz kerak. Toşkent viloyatida yangi texnologiyalar işlab çiqaruvçi yirik korxona öz faoliyatini olib bormoqda. Bu kabi korxonalarni esa qolgan viloyatlarda ham oçişimiz va faoliyatini rivojlantirişimiz kerak.