Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevropada eng ko‘p chekuvchilar Bolgariyada ekanligi ma'lum bo‘ldi
Chekishni yoqtirmaydiganlar esa Yevropa shimolida: Shvetsiya, Islandiya va Finlandiyada aholining 10 foizdan kam qismi tamaki chekadi.
Yoshi 15dan oshgan har beshinchi yevropalik har kuni sigaret chekadi. Ularning uchdan ikki qismi kuniga bir qutidan kamroq, bir qismi esa bir qutidan ko‘proq sigaret chekadi. Bu haqda Yevropa statistika agentligi ma'lum qildi.
Har kuni tamaki chekadiganlar ulushi bo‘yicha Bolgariya birinchi o‘rinni egalladi — 28,7 foiz. Mamlakat kuniga bir qutidan ko‘p sigaret chekuvchilar ulushi bo‘yicha ham yetakchi — 12,9 foiz.
Gretsiya 23,6 foiz kashanda bilan ikkinchi o‘ringa joylashdi. Keyingi o‘rinlarni Latviya (22,1 foiz), Germaniya, Xorvatiya, Slovakiya, Avstriya va Kipr egalladi.
Chekishni yoqtirmaydiganlar esa Yevropa shimolida: Shvetsiya, Islandiya va Finlandiyada aholining 10 foizdan kam qismi tamaki chekadi.
Statistikaga ko‘ra, Yevroittifoqdagi erkaklarning 22,3, ayollarning esa 14,8 foizi tamakiga ruju qo‘ygan.
Mavzuga oid
10:15
AQSh Yevropa hududidan aviatashuvchi va suvosti kemasini olib chiqadi
14:07 / 11.06.2026
Yevropada AQShga ishonch tarixiy minimumga tushdi
10:08 / 11.06.2026
Yonilg‘i narxlari oshishi Yevropada elektromobillarga talabni kuchaytirdi
10:17 / 10.06.2026