Daniya investitsiya banki Saxo Bank 2022 yil uçun kişini hayratga soluvçi prognozlarni e'lon qildi. 10ta başoratdan iborat töplamni bankning özida «moliya bozorlariga sezilarli ta'sir körsatişi mumkin, sodir böliş ehtimoli kam» deb ataşmoqda. Bu kabi har yillik prognozlar 19 bor e'lon qilinmoqda. «Meduza» ularning eng ahamiyatlilarini jamladi.

Joe Sohm / Visions of America / Universal Images Group / Getty Images
Facebook bumerlar platformasiga aylanadi
Facebook «keksa bumerlar» platformasiga aylanadi. Uning doimiy ravişda öxşaş yoki çalğituvçi kontentni körişga sabab böluvçi algoritmlari yoşlarni ijtimoiy tarmoqdan uzoqlaştiradi. Ijtimoiy tarmoq 40 yoşdan kiçik va katta bölgan kişilar madaniy qarama-qarşiligi markazida böladi. Yoşlar unga feyk yangiliklar va ziqna korporatsiyalar ramzi sifatida qaraşadi.
Investorlar Facebook’ning yangi boş kompaniyasi Meta yoş avlodni, ya'ni bölajak salohiyatni şiddat bilan yöqotayotganini tuşunişmoqda.
Yuqorida qolişni orzu qilgan Meta Snapchat yoki TikTok’ni sotib olişga harakat qiladi va öz servislariga yoşlarni qaytariş uçun milliardlab dollar sarflaydi. Bir vaqtning özida asosiy maqsadi foydalanuvçilar töğrisida ma'lumot töplaş bölgan «metakoinot»ni yaratiş bilan şuğullanadi.
Natijada Meta qiymatining 30 foizini yöqotadi va unga öziga tegişli servislarni alohida tuzilmalarga böliş tavsiya etiladi. Şu tariqa, Mark Tsukerbergning monopoliya töğrisidagi orzulari barbod böladi.
Tibbiyotda erişilgan yutuq hayot davomiyligini 25 yilga oşiradi
2022 yilda tibbiyotda yirik kaşfiyot yuz beradi. Dori vositalaridan hujayralar darajasida jarayonlarni boşqaradigan va ularning hayotini uzaytirişi mumkin bölgan kokteyl işlab çiqiladi. Laboratoriya siçqonlarida ötkazilgan tajribalar hayot davomiyligi 30 foizga oşirişini körsatmoqda. Odamlar uçun bu hayotning 25 foizga uzayişini anglatadi.
















