Prezident Şavkat Mirziyoyev prezident Qosim-Jömart Töqayevning taklifiga binoan 5 dekabr kuni davlat taşrifi bilan Qozoğiston poytaxti Nur-Sulton şahriga keldi.

Nursulton Nazarboyev nomidagi xalqaro aeroportda oliy martabali mehmon şarafiga faxriy qorovul saf tortdi.
Özbekiston rahbarini Qozoğiston prezidenti Qosim-Jömart Töqayev kutib oldi. Ikki mamlakat yetakçilarining qisqa suhbati bölib ötdi.



Taşrifning asosiy tadbirlari 6 dekabrga möljallangan.

Oliy darajadagi muzokaralarda siyosiy muloqotni mustahkamlaş, savdo-iqtisodiyot va transport-logistika sohalaridagi hamkorlikni rivojlantiriş, madaniy-gumanitar aloqalarni faollaştiriş istiqbollari muhokama qilinişi, mintaqaviy va xalqaro masalalar yuzasidan fikr almaşilişi rejalaştirilgan.
Uçraşuv natijalari böyiça 20dan ortiq hujjat imzolanişi közda tutilgan.











