Prezident Şavkat Mirziyoyev va prezident Qosim-Jömart Töqayev ramziy boğiçni kesib, yangi binoni tantanali ravişda oçdilar.

Ikki mamlakatning davlat madhiyalari yangradi.

Prezidentlar elçixonada yaratilgan şaroitlar bilan tanişdi.
Zamonaviy bino yurtimiz quruvçilari tomonidan barpo etilgan. Xonalar milliy uslubda bezatilgan.
Diplomatik vakolatxona hududida asosiy bino, konsullik bölimi, xodimlar uçun uy, diplomatik missiya rahbarining qarorgohi, bolalar va sport maydonçalari joylaşgan.

Muzokara xonalari, anjumanlar zalida barça şaroitlar mavjud. Elçixonaning öz kutubxonasi ham bor.
Iş jarayonlarini samarali taşkil etişga alohida e'tibor qaratilgan, axborot texnologiyalari keng joriy qilingan. Bu yerdagi interfaol uskunalar muzokaralarni onlayn şaklda ötkaziş imkonini beradi. Konsullik faoliyati uçun “elektron navbat” tizimi örnatilgan, bu yerga keluvçilar ma'lumotlarni interfaol tarzda oliş imkoniyatiga ega.

Alohida ehtiyojli odamlar uçun ham zarur şaroitlar yaratilgan.
Bir söz bilan aytganda, yangi elçixona binosida barçasi iş sifati va samarasi yuqori bölişiga, qardoş mamlakat bilan şeriklikni yanada kengaytirişga qaratilgan.
Şavkat Mirziyoyev va Qosim-Jömart Töqayev elçixonaning Faxriy mehmonlar kitobida qayd yozib qoldirdi.


“Özbekiston Respublikasining Qozoğiston Respublikasidagi elçixonasi asosiy vazifasi – ikki qardoş mamlakat örtasidagi döstlik riştalari, yaxşi qöşniçilik va ittifoqçilik munosabatlarini mustahkamlaş, özaro manfaatli hamkorlikni har tomonlama kengaytirişdan iborat.












