Kun.uz turfa maskanlar va u yerlarda yaşayotgan insonlar turmuşidan hikoya qiluvçi “Manzil” loyihasini taqdim etadi. Ilk manzilimiz – Namangan çöllaridagi Oqqum qişloği.
Oqqum qişloği Namangan viloyati Mingbuloq tumanining çölli hududlarida joylaşgan. Bundan uç asr avval qoraqalpoq xalqlarining katta köçişi davri bu qişloq paydo bölişiga asos bölgan.
Qum barxanlariga tutaşib ketgan qişloq bejiz Oqqum deb nomlanmagan. Körsatuvni tasvirga oliş davomida çöponçilik qilayotgan otaxon, qişga ğözapoya ğamlayotgan yigit, lavlagi dalasida işlayotgan ayollar va qişloq hayotida insonlar oqibatini körgan kelinçak bilan suhbatda böldik.
Surayyo Begaliyeva bu qişloqqa tuman markazidan kelin bölib tuşgan. Kelinligining ilk kunlarida qişloqdagi köp holat unga özgaça bölib köringan. Xonadonlar örtasida devor yöqligi, ayollarning mehnatkaşligi, qöni-qöşnining bir-biriga oqibati uni hayratda qoldirgan. Hozir esa u özini şu qişloqning bir bölagi deb hisoblaydi. Erta tongda sigir soğişdan boşlangan kun, xamir qoriş, non yopiş, yaqinlariga taom tayyorlaş va xonadondagi köplab işlar bilan oxirlaganini ham bilmay qoladi.
Oqqum hududida qaçonlardir fabrika işlagan. Tumanning katta qismini ta’minlab beruvçi ombor ham şu hududda bölgan. Lekin oradan vaqtlar ötib ombor buzilgan va fabrika ham yöq bölib ketgan. Öşa paytda köplab erkaklar qatori ayollar ham işli bölgan. Hozir esa tirikçilik asosan dehqonçilik va mavsumiy işlardan. Qişloqda tört, beş yildan beri qizil lavlagi yetiştiriş ommalaşgan. Bu esa ayollarga oz bölsa-da pul işlab oliş imkonini bergan. Qişloq ayollari bilan suhbatimiz qizil lavlagi dalasida böldi.
Qişloqda yoşi keksa, otaxon-u onaxonlarda ham tinim yöqligini kördik. Çorvasini ötlatgani olib çiqib ketayotgan Ergaşali ota Örazaliyev bir kam 70 ga kirgan bölsa-da doim harakatda. Hayvon boqiş ham özining soğligiga, ham oilasi daromadiga foyda ekanini aytadi.
Dalada ğözapoya dastalayotgan Usmonali Saminjonov e’tiborimizni tortdi. Paxta terimi yakunlanganidan keyin fermerlar dalasini böşatiş maqsadida aholiga yerni bölib beradi. Ya’ni ğözapoyani boğlab olib çiqib ketişlari uçun. Suhbatdoşimiz ham qişga tandir, öçoq uçun işlatiş maqsadida astoydil iş olib borayotgan edi.
Yangi loyihaning YouTube-kanaliga obuna böling, fikr-mulohazalaringizni izohlarda albatta yozib qoldiring.











