Aeronavtika va kosmosni tadqiq qiliş milliy agentligi Oyga parvoz qiliş uçun 10 nafar nomzodni tanlab oldi. Bu haqda NASA matbuot xizmati xabar berdi.
Kosmik turistlar tarkibi olti nafar erkak va tört nafar ayoldan iborat. Ular Oyga parvoz qiliş uçun ikki yil davomida maxsus tayyorgarlikdan ötadi.
Agentlikka astronavt böliş uçun 12 mingta ariza kelib tuşgan.
Bölajak astronavtlar röyxati quyidagiça:
- Nikol Ayyers – AQŞ HHK mayori, 200dan ortiq jangovar parvozni amalga oşirgan;
- Markos Berrios – AQŞ HHK mayori, 100dan ortiq jangovar parvozni amalga oşirgan;
- Kristina Birç – matematika, biokimyo va molekulyar biofizika bakalavri.
- Deniz Bornxem – AQŞ HDK leytenanti;
- Lyuk Delani – AQŞ dengiz piyoda korpusining iste'fodagi mayori;
- Andre Duglas – maşinasozlik magistri;
- Jyek Xetuvey – AQŞ HDK komandiri;
- Anil Menon – AQŞ HHK podpolkovnigi;
- Kristofer Uilyams – fizika bakalavri, astrofizika doktori;
- Jyessika Vittner – AQŞ HDK leytenant-komandiri.
Ularning barçasi 30 yoşdan 40 yoşgaça.

















