Toşkent şahrining Olmazor tumani Nurafşon va Qorasaroy köçalari kesişgan çorrahada Orlando rusumli avtomobilda yonğin yuzaga kelgan. Mazkur holat böyiça IIV YHXBB ma'lumot berdi.
Dastlabki ma'lumotlarga köra, 2021 yil 8 dekabr kuni soat 18:50larda Toşkent şahar Olmazor tumani Nurafşon va Qorasaroy köçalari kesişgan çorrahada 1976 yilda tuğilgan haydovçi K.X. boşqaruvidagi Orlando rusumli avtomobilning dvigatel qismida yonğin yuzaga kelgan. Haydovçi zudlik bilan töxtab, avtomobildan tuşgan.
Yonğin öt öçiruvçilar tomonidan bartaraf etilgan. Hodisa oqibatida tan jarohati olgan fuqarolar yöq. Mazkur holat yuzasidan Olmazor tumani FVB va YHXB xodimlari tomonidan suriştiruv olib borilmoqda.
Şu örinda, barça haydovçilardan boşqaruvidagi transport vositasining texnik sozligiga e'tiborli bölişlari söraladi.













