Senatorning ta'kidlaşiça, yangi tuzilma AQŞ harbiy-dengiz kuçlarining 2020 yilda taşkil etilgan Noma'lum havo hodisalari böyiça maqsadli guruhi (Unidentified Aerial Phenomena Task Force) örnini egallaydi. Jillibrand yangi tuzilma mudofaa vazirligi va razvedka xizmatlaridan NUJlar haqida ma'lumotlar olişini qöşimça qilgan. Şuningdek, u NUJ bilan boğliq hodisalarning milliy xavfsizlikka tahdidini baholaydi.

Pentagon maqsadli guruhni NUJ bilan boğliq hodisalarni tergov qiliş uçun taşkil etgandi. Uning vazifalari NUJni aniqlaş, tahlil qiliş va milliy xavfsizlikka xavf soluvçi NUJlar röyxatini tuzişdan iborat. 

2021 yil iyunda AQŞ maxsus xizmatlari kongress sörovi bilan NUJlar böyiça hisobotni taqdim etgandi. Unda 2004 yildan 2021 yilgaça AQŞ tomonidan NUJ bilan boğliq 144ta hodisa qayd qilingani aytilgan. Hozirça ularni tuşuntirişning imkoni bölmagan, çunki mavjud ma'lumotlar bunga ozlik qiladi. Hisobot mualliflari NUJlar milliy xavfsizlikka tahdid solişi mumkinligini aytişgan. Şu bilan birga, ular NUJlar xorijiy razvedkalarning ma'lumotlar töplaşga möljallangan ilğor texnologiyalari bölişi mumkinligini ta'kidlab ötişgan.