Dengiz orqali Yevropa sohillariga oddiy qayiqlarda yetib olishga urinishlar davom etmoqda. Ispaniyaning Gran-Kanariya porti yaqinida oltmish chog‘li migrant, jumladan, ikki chaqaloq va o‘n ayol qutqarib qolindi. 

Indoneziyaning Lumadjang viloyatida Semeru vulqoni ortidan suv ostida qolgan qishloqning ko‘rinishi
REUTERS/Willy Kurniawan

Indoneziyada vulqon otilishi oqibatida halok bo‘lganlar soni 39 nafarga yetdi.

 Kolumbiya Amazonasi. AFP fotosuratchisi Raul Arboleda daraxtlarga tinchlik davri qurbonlari deya ta'rif berdi.

Ranglar va uning turli sohalarga (moda, poligrafiya, dizayn, reklama) ta'sirini o‘rganuvchi Pantone tadqiqot instituti 2022 yilning asosiy rangini tanladi. Bu binafsharang va qizil qorishmasining ko‘kka aylanishiga moyil bo‘lgan, Very Peri nomini olgan rangdir. «Bu rang ijodkorlik va obrazlilikni rag‘batlantiradigan energiya, quvnoq kayfiyat va dinamikani ifodalaydi», deydi Pantone ijrochi direktori Leatris Eysman. 2021 yilda yil rangi Pantone talqiniga ko‘ra «to‘yingan kulrang» va «yorqin sariq» bo‘lgandi.

Pantone

Urushdan keyingi Iroq. Sapyorlar hududni minalardan tozalamoqda.