Sönggi yillarda adliya tizimidagi inqilobiy özgarişlardan biri notariuslarning yagona onlayn tizim orqali işlayotgani bölgandi. Bu tizim mijozlarni oldingidek ma'lumotnomalar yiğişlardan qutqardi, barça jarayon, şuningdek xizmatlar uçun tölovlar ham şaffof amalga oşirilmoqda.

Ammo bu tizimning nozik tomoni barça jarayonlar yagona markazdan turib boşqarilişi böldi. Ya'ni markaz biror sabab bilan işdan töxtasa, butun notariat faoliyati ham töxtab qoladi. Şunday holat 10 dekabr kuni ham kuzatildi.

Respublika böylab Adliya vazirligi tizimi orqali işlovçi barça notariuslar faoliyati töxtab qoldi. Yagona protsessing tizimi sörovlarga javob bermayapti, xizmat uçun tölovlar qabul qilinmayapti. Ertalabdan uzilişlar bilan işlayotgan tizim soat taxminan 11:00 larda butunlay töxtagan va hozirga qadar qayta işga tuşgani yöq. Qaçon qayta işga tuşişi böyiça ham noma'lum

Adliya vazirligi matbuot xizmati vakili Sevara Örinboyevaning Kun.uz’ga ma'lum qilişiça muammo Uzinfokom serverlarida, umuman elektron hukumat yagona billingi işlamayapti. Natijada nafaqat notariuslar, balki davlat xizmatlari, FHDYo kabi tizimlarda ham elektron tölov tizimi töxtab qolgan.

Şuningdek, ma'lum bölişiça, YHXXning protokol, Ma'muriy jarimalar tizimi, YePGU-tölov qismi ham işlamayapti.