Navoiy viloyatining Uçquduq tumanidagi 14-umumta'lim maktabi respublikadagi eng kiçik maktablardan biri. Tuman markazidan 200 km olisdagi ovulda joylaşgan mazkur maktabda 5 nafar öquvçiga 6 nafar öqituvçi dars beradi.

Foto: KUN.UZ

Kökayaz ovuli Qizilqum çöli bağrida, Qozoğiston çegarasi yaqinida joylaşgan. Bu yerda 14 ta oilada 60 nafardan ortiqroq fuqaro istiqomat qiladi. Aholi kamligi sababli ovuldagi maktabda ham öquvçi soni kam. 5 nafar öquvçining 3 nafari 4-sinfda, 1 nafari 5- va yana 1 nafari 8-sinfda tahsil oladi. Ta'lim dargohida darslar qozoq tilida ötiladi.

Maktab direktori Aqşagul Madrayimovaning ta'kidlaşiça, öquvçi soni kamligi ayrim hollarda qiyinçilik tuğdiradi.

“Turli tadbirlar taşkil qilganda öquvçi yetişmaydi. Masalan, biror tadbirda sahna körinişi bölsa, öqituvçilarimiz ham qöşilib rol öynaydi. Tadbirlarda özimiz ham iştirokçiga aylanamiz. Şuningdek, fan olimpiadalarida qiynalamiz. Maktabimizga viloyat yoki tumandan odam kelsa, ularga qiziq tuyuladi. Çunki 2 ta sinfda 1 nafardan öquvçi bor”, — deydi direktor.

Joriy yilda ovulda “Obod qişloq” dasturi asosida bunyodkorlik işlari amalga oşirilgan. Jumladan, maktab binosi ham töliq ta'mirlangan. Maktabda respublikaning boşqa hududlaridan kelib işlayotgan öqituvçilar ham bor.

“Uyim bu yerdan 600 km uzoqda joylaşgan. Har 2-3 oyda uyga borib kelaman. Ovulda uzoqdan kelib işlaydiganlar uçun yotoqxona taşkil qilingan. Maktabimizda bolalar soni kam. Bu öqituvçiga öziga xos mas'uliyat yuklaydi. Bir nafar öquvçi bilan işlaş qulay. Biroq savol-javob va boşqa jarayonlarda qiyin tomonlari ham bor”, — deydi Buxoro viloyatining Şofirkon tumanidan kelib faoliyat yuritayotgan öqituvçi Abbos Mannonov.

Özbekistonning eng çekka, şimoliy hududlaridan biri hisoblangan ovulda maktabgaça ta'lim taşkiloti filiali ham bölib, bu boğçaga 3 nafar tarbiyalanuvçi qatnaydi.