Namangan tumanida 12 dekabr kuni xonadonlardan birida gaz portladi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boşqarmasi xabar qildi.

Ma'lum qilinişiça, şu kuni soat 03:20 atrofida tumanning «Ğayrat» mahallasining Beruniy köçasidagi 57-uyda yonğin sodir bölayotgani haqida ma'lumot kelib tuşgan. Yonğin qutqaruvçilari 03:24 da voqea joyiga yetib borgan, 03:26 da yonğin hududi örab olingan.

Çaqnaşga xonadonga tortib kelingan gaz trubasi jömragi nosozligi sababli sizib çiqqan tabiiy gaz töplanişi va uy egasi gaz hidini sezmay, elektr çiroqni yoqişi sabab bölgan.

Portlaş oqibatida xonadon egasi, uning turmuş örtoği, 3 nafar farzand (2 nafar qiz va 1 nafar öğil) kuyib, tan jarohati olgan. Bundan taşqari, uyning şift va tom qismidan 20 kvadrat metr joy hamda qisman uy-rözğor buyumlari yonib zararlangan.

Foto: Namangan viloyati Favqulodda vaziyatlar boşqarmasi
Foto: Namangan viloyati Favqulodda vaziyatlar boşqarmasi

Viloyat FVB kuz—qiş mavsumida xonalarni isitişda nostandart, qölda yasalgan anjomlardan foydalanmaslikni tavsiya qilgan.

Foto: Namangan viloyati Favqulodda vaziyatlar boşqarmasi