“Özavtosanoat” AJ öz tarkibiga kiruvçi tizim korxonalari bilan birgalikda Jizzax viloyati çölidagi 90 gektar maydonda 100 ming tup daraxtdan iborat yangi yaşil hudud barpo etdi. Manzarali Aydar-Arnasoy köllar tizimining qirğoğida joylaşgan sun'iy örmon parki öz içiga obodonlaştirilgan sohil, sport maydonçalari va faol hordiq çiqariş uçun joyni qamrab olişi rejalaştirilgan.





Yapon soforasi, katalpa, qarağay, kul, çinor kabi manzarali daraxt köçatlarini ekişga avtomobilsozlik sanoatining 1500 dan ortiq işçisi jalb etildi.





Tadbir şaharlarni kökalamzorlaştiriş va mamlakat ekologiyasini yaxşilaş maqsadida, şuningdek, Aydar-Arnasoy köllar tizimining biologik resurslaridan oqilona foydalanişni ta'minlaş va turizmni rivojlantiriş davlat dasturi asosida Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev taşabbusi bilan respublika miqyosida ötkazilayotgan “Yaşil makon” umummilliy loyihasi doirasida amalga oşirildi.












