Ta’kidlanişiça, qurbonlar soni Şimoliy Dakota ştati aholisidan köproqni taşkil qiladi.
2021 yilda AQŞda 2020 yilgiga nisbatan köproq odam koronavirusdan vafot etgan. Bu körsatkiç 450 mingdan ortiq bölib, AQŞda pandemiya boşidan beri koronavirusdan barça ölim holatlarining 57 foizini taşkil qiladi.
Bunday köp ölimlar AQŞda uzoq vaqt ustunlik qilgan “delta” ştammi bilan boğlangan.
“Ölim darajasi yuqoriligining ikkinçi sababi köplab amerikaliklarning emlanişdan boş tortayotgani hisoblanadi. Joriy yilda koronavirusdan asosan emlanmaganlar vafot etgan”, deb aytilgan xabarda.
Reuters tahliliga köra, AQŞda virusdan ölimlar soni 111 kunda 600 mingdan 700 minggaça oşgan, keyingi 100 ming ölim esa 73 kunda yuz bergan.
Agentlikning ta’kidlaşiça, AQŞda virusdan ölim darajasi qöşni Kanadaga qaraganda 3 marta, Yaponiyaga nisbatan 11 marta köproq.
“Dunyo aholisining 4 foizi yaşaydigan davlatga koronavirusdan barça ölimlarning 14 foizi töğri kelmoqda”, deb ta’kidlab ötilgan Reuters’da.
Koronavirusdan ölimlar soni böyiça keyingi örinlarni Braziliya (616 ming) va Hindiston (475 ming) egallamoqda.
Ayni vaqtda butun dunyoda koronavirusga çalinganlar soni 243 mlndan, ölimlar soni esa 5,321 mlndan oşib ketdi.












