Navoiy viloyati hokimi vazifasini bajaruvçi Normat Tursunov qariyb 8 soat şaxsiy qabul ötkazib, 120 nafarga yaqin fuqaroning muammolarini tingladi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Ta'kidlanişiça, qabulda viloyat sektorlari hamda, korxona, muassasa va taşkilotlar rahbarlari ham iştirok etişgan. Navoiy şahri, Karmana, Xatirçi, Nurota va Navbahor tumanlaridan kelgan 120 nafarga yaqin fuqaro viloyat rahbariga öz muammolari böyiça murojaat qilgan.


Fuqarolar asosan uy-joy va yer, bandlik, kadastr, tabiiy gaz va suv ta'minoti, murakkab jarrohlik amaliyoti va soğliqni tiklaş uçun zarur bölgan tibbiy yordam, aliment undiriş va oilaviy nizolar bilan boğliq masalalar böyiça murojaat qilgan. Murojaatlarning 60 foizga yaqini joyida hal etildi. Şuningdek, 9 ta masala böyiça huquqiy tuşuntirişlar berilgan.












