Samarqand davlat tibbiyot universitetida Turkiyaning Istanbul şahridagi «Medical Park» tibbiyot markazi mutaxassislari bilan hamkorlikda jigar transplantatsiyasi amaliyoti ötkazildi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Bemor Saida Nurmurodova – 48 yoşda. Qöşrabot tumanidan. Bundan 3 yil avval unga oğir xastalik —  jigar sirrozi taşxisi qöyilgan. Şundan söng vaqti-vaqti bilan konservativ muolajalar olib kelgan. 

Biroq davo çoralari kutilgan natija bermagaç, uşbu universitet klinikasi mutaxassislariga murojaat qilgan. Kasallik terminal bosqiçga ötgani sababli uni hayotga qaytarişning yagona usuli sifatida jigar köçirib ötkaziş amaliyoti tavsiya etilgan.

Tibbiy tekşiruvlardan söng bemorning 1977 yilda tuğilgan ukasi Asliddin Alimov jigarining bir bölagini köçirib ötkaziş uçun barça körsatkiçlar mos kelgan.

Samarqand davlat tibbiyot universitetida bajarilgan operatsiya 8 soat davom etdi. Hozir bemor hamda donorning ahvoli yaxşi. Ularning har ikkalasi şifokorlar tomonidan tibbiy nazoratga olingan va kerakli tibbiy muolajalar davom ettirilmoqda.

«Bunday murakkab operatsiyani bajariş uçun universitetimiz köp tarmoqli klinikasining Xirurgiya bölimi yuqori texnologiyali zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlandi. Qolaversa, «1-son xirurgik kasalliklar», «Anesteziologiya, reanimatsiya va şoşilinç tibbiyot» va «1-içki kasalliklar» kafedralari professor-öqituvçilari klinikaning yetakçi mutaxassislari bilan birgalikda Turkiyaning «Medical Park» tibbiyot markazida bir yil davomida malakalarini oşirib qaytdi», — deydi oliy öquv yurti rektori Jasur Rizayev.

Rejaga köra, turk mutaxassislari bilan imzolangan memorandum doirasida mazkur klinikada yaqin kelajakda yiliga 50 ga yaqin jigar transplantatsiyasi amaliyotini bajariş imkoniyati yaratiladi.